"Agro In vitro"da ISO 9001:2025 xalqaro standarti joriy etildi.

"Agro In vitro" laboratoriyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2025-yil 26-fevral kuni ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha maxsus sertifikat Agro In vitroga topshirildi.

ISO 9001:2015 xalqaro standarti haqida qisqacha ma'lumot.

ISO 9001:2015 xalqaro standarti ISO (International Organization for Standartization) – Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining standartlari majmuasi hisoblanadi.

Ushbu standart joriy etilishining asosiy maqsadi – xatolar va nuqsonlarni kamaytirish, yo‘q qilish va oldini olishdan iboratdir. Standart tashkilotda amalga oshirilayotgan vazifalarning nafaqat sifatini, balki sifatli boshqaruv tizimini ham ifodalaydi.

Bugungi kunda 170 dan ortiq mamlakatlarning milliondan ortiq kompaniya va tashkilotlarida ISO 9001:2015 xalqaro standarti joriy qilingan. Ushbu standart tashkilot faoliyatida samarali boshqaruv, har bir jarayonga sifatli yondashuv va doimiy takomillashib borish kabi sifat menejmentining bir qator tamoyillariga asoslanadi.

Ushbu standartning joriy etilishi "Agrobank" ATBning "Agro In vitro" loyihasida xalqaro darajadagi sifatli boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilganligini anglatadi.