“Agro In vitro” loyihasi xalqaro ko‘rgazmada e’tirof etildi

Samarqand shahrida joylashgan “SOF EXPO Samarkand” majmuasida “AGROPRO EXPO 2025” IV xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Выставка AGROPRO EXPO 2025Joriy yilning 25-27 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan “AGROPRO EXPO 2025”da qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, sug‘orish texnologiyalari va sohadagi boshqa zamonaviy ishlanmalar bilan  mahalliy, Yevropa va Osiyoning yetakchi kompaniyalari ishtirok etmoqda.

imageBugungi ko‘rgazmada “Agrobank” ATBning “Agro In vitro” loyihasi “O‘zbekiston agrosanoat majmuasidagi eng yaxshi startap” nominatsiyasida e’tirof etildi.