Agrobankdan innovatsion loyiha — "Agro In Vitro"!

7-iyun kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida Agrobank tomonidan tashkil qilingan yana bir unikal loyiha — "Agro In Vitro" loyihasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi hosildorligi yuqori, kafolatlangan, eksportbop hamda zamonaviy seleksiya, genetika texnologiyalari asosida ko‘chatlar yetishtirish va shuning natijasida yurtimizda meva-sabzavotlarni yangi, serhosil navlarini ko‘paytirishni taʼminlashdir.

 18 gektar yer maydonida 40 xil navdagi 6 ming dona sertifikatlangan xorijiy meva, uzum va manzarali ko‘chatlar bog‘i yaratildi.