"Agro In vitro" xalqaro sertifikatga ega bo'ldi!
Ushbu standartning ahamiyati shundaki, u korxonalarga qishloq xo'jaligi mahsulotlari (ko'chatchilik) ni tizimli ravishda boshqarish, iste’molchilarning ishonchini oshirish va xalqaro bozorda raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab qishloq xo'jaligi mahsulotlari (ko'chatchilik) ga bo‘lgan talab ortib, ularning sifat va xavfsizligi global miqyosda muhim masalaga aylangan. ISO 22000 standartini joriy etish orqali korxonalar nafaqat ichki bozorda, balki eksportda ham yuqori darajadagi ishonch manbai hisoblanadi.