28-iyun kuni ko‘chatchilik kompleksimizda ommaviy axborot vositalari vakillari press-tur bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlar, blogerlar va agrosohaning yetakchi mutaxassislari “Agro In Vitro” faoliyati, ish jarayoni bilan tanishib, obyektda joriy qilingan ilg‘or texnologiyalarni ko‘zdan kechirdi.

Qolaversa, mazkur press-tur doirasida “Uzagrostar xolding” kompaniyasi hamda unga qarashli ixtisoslashgan korxonalar vakillari “Agro In Vitro” faoliyati va ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ular obyektda joriy qilingan ilgʻor texnologiyalarni ham koʻzdan kechirdilar.

Shu kuni press-tur doirasida ishtirokchilar uchun unutilmas lahzalar tashkil etildi. Jumladan, ular o‘z qo‘llari bilan ekkan mevali ko‘chatlar maxsus belgilar bilan ajratilib, esdalik tariqasida har bir mehmonning nomiga rasmiylashtirildi. Tashkilotchilar tomonidan bu ko‘chatlar ramziy sovg‘a sifatida tantanali tarzda topshirildi. Ushbu tashabbus orqali nafaqat ekologik qadriyatlar targ‘ib qilindi, balki har bir ishtirokchiga tabiatni asrash va yashil muhit yaratishga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyati berildi.




Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga “Agro In Vitro” ning onalik bog‘ida pishib yetilgan, tabiiy sharoitda parvarishlangan o‘rik mevasidan tatib ko‘rish imkoniyati ham yaratildi. Bu nafaqat agrokompleksda yetishtirilayotgan mahsulotlarning sifati va tabiiyligini amalda his etish, balki bog‘dorchilikning real natijalari bilan bevosita tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Ishtirokchilar mevaning tabiiy lazzati, to‘qligi va sifati bilan katta taassurot oldilar.