Kompaniya haqida
Siz bizning kompaniyamiz haqida barcha maʼlumotlarni bilib olishingiz mumkin.
Kompaniya haqida
Sizning bog‘ingiz- sizning innovatsiyangiz!

Agro In vitro ko‘chatchilik kompleksi uzum, yong‘oq, danakli meva daraxt ko‘chatlari va manzarali o‘simliklarining yuqori sifatli ko‘chatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bizning vazifamiz – kasallik va zararkunandalardan holi o‘simlik ko‘chatlarini taklif qilish orqali mijozlarimizni qurg‘oqchilikka va sovuqqa chidamli, yuqori sifat, erta va mo‘l hosil olish kabi afzalliklar bilan taʼminlashdir.

 

In vitro zamonaviy texnologiyasidan foydalanish bizga tabiiy muhitdan mustaqil ravishda sunʼiy sharoitlarda bir necha barobar ko‘p ko‘chatlar yetishtirish imkonini beradi. Bu yondashuv ko‘chatlarni o‘sish vaqtini qisqartiradi, hosildorlikni oshiradi va bog‘ingiz sog‘lom rivojlanishini taʼminlaydi.

 

Kompaniyamiz o‘z sohasida yetakchilikni saqlab qolish va xalqaro standartlarga javob berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bizning ko‘chatchilik kompleksimiz 2025-yil 26-fevral kuni ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha maxsus sertifikat olishga erishdi. Ushbu sertifikat bizning sifatga bo‘lgan sadoqatimiz va mijozlarimizga ko‘rsatayotgan xizmatlarimiz darajasining asosi hisoblanadi.

 

Bizning ilmiy malakamiz va tajribamizga ishonib, biznesingizning muvaffaqiyatli rivojlanishiga erishishingiz mumkin!

Hujjatlarning mavjudligi

Standartlarga muvofiq hujjatlarning to‘liq to‘plamini taqdim etamiz: transport yuk xatlari, shartnomalar va pasportlar - barchasi mavjud.

Uskunalar

In vitro laboratoriya “Viscon Group” kompaniyasi (Niderlandiya) tomonidan ishlab chiqilgan 14 turdagi eng so‘nggi texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan. Laboratoriya “vi-kabin” sun’iy iqlim kabinasi (harorat, shamol, yorug‘lik, namlik, CO2 gazini avtomatik boshqarish), ko‘chatlar uchun ozuqa tayyorlash, akllimatizatsiya qilish va ildiz shakllantirish texnologik uskunalari bilan jihozlangan. 

Ko‘chat tayyorlash issiqxonasi. Oynavand issiqxona invitro laboratoriyasida yetishtirilgan ko‘chatlarni tashqi muhitga moslashtirish hamda to‘liq ko‘chat darajasiga yetkazishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi.        

Issiqxona “Gakon Netafim” kompaniyasining (Niderlandiya)  5-avlod texnologiyasi asosida ko‘chat yetishtirishda sun’iy “mikro-iqlim” muhitini yaratuvchi avtomatik isitish, sovutish, sug‘orish tizimlari bilan jihozlangan.

Issiqxona energiyani isitish jarayonida 30 foiz, sovutish jarayonida 67 foiz iqtisod qiluvchi energiya tejamkor texnologiyalar bilan ta’minlangan.

Bizning tajribamiz

25
2024- yil yanvar oyidagi mijozlar soni
30
Yangi mijozlar soni
Xodimlar

Tajribali mutaxassislarimiz bilan tanishing